3-oktyabr kuni Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan o'zi saylangan 3-"Achchiqko‘l" saylov okrugi hududidagi “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig'inida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida mahalladagi oilalarning ijtimoiy holati, ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikdan chiqarish hamda doimiy daromad manbalarini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda “Achchiqko‘l” mahallasida 49 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shundan:
12 ta oila davlat ta’minotidagi oilalar;
35 ta oila kambag‘al oilalar;
2 ta oila kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kiritilgan.
Ayni paytda mahalladagi 1 100 ta xonadon kesimida xatlov ishlari olib borilmoqda. Mazkur xatlov jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, har bir xonadon bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Muhokama davomida xatlov natijalaridan kelib chiqib, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbalarini yaratish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi