Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 4-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Munisov Abduaziz Abdulboriyevich Bog‘ibaland, Jo‘yichuqur, Xo‘jaqishloq, Azizон, Gulobod, Yuksalish hamda Zarafshon MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.

Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati va chiptalarni olish qulayligi;
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati;
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi;
Hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar holati o‘rganiladi.

Maqsad — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi