Yangiliklar

Oydinko‘l mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozoda Buzrukxo‘jayeva «Oydinko‘l» mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan masalalar va ularning takliflarini o‘rgandi.

❗️Muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, yo‘llar va hudud infratuzilmasi, shuningdek, ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mas’ullar bilan birgalikda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishini ta’kidladi.

✅Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar va takliflar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1