#ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
🌾 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish davomida mahallada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni yig‘ib-terib olish, saralash, saqlash hamda eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Dalalarda yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qayta ishlash va eksport bozorlariga yo‘naltirish orqali fermer va dehqon xo‘jaliklari daromadini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish muhim vazifalardan biridir.
📌 O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Mahallalarda qishloq xo‘jaligi rivoji — mo‘l hosil, yangi imkoniyat va eksport salohiyatining muhim omilidir!