Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🏠 Uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy yordam o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida “Boyqishloq” mahallasidagi “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan fuqaro G. Yo‘ldosheva xonadoniga uy-joyini ta’mirlash uchun ajratilgan qurilish materiallari yetkazib berilganligi yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🔨 O‘rganish davomida fuqaroning xonadonini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari ajratilgani va belgilangan tartibda yetkazib berilgani holati ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, ajratilgan qurilish materiallaridan maqsadli foydalanish, xonadonning mavjud holatini yaxshilash hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur amaliy yordam fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3