Muammolar manzilli o‘rganilib, vazifalar belgilandi.
Tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Bozorov "Tojikobod" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish olib bordi. Tuman hokimligi mas’ullari hamda tashkilot va idora rahbarlari hamrohligida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoiti, muammolari va mavjud imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.