BOG‘ONALI MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 18-saylov okrugi deputati Qilichov Ma’ruf Ma’murjonovich tomonidan Bog‘onali mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida ishchi guruh faoliyati tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Elmurodov Orifjon — MFY raisi
🔹 Abdushukorov Mashrabjon — hokim yordamchisi
🔹 To‘xtayeva Rejab — xotin-qizlar faoli
🔹 Mallayev Chori — ijtimoiy xodim
🔹 Azimov Maxmud — nuroniy
📋 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ularning amaliy yechimiga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
👤 18-saylov okrugi deputati — Qilichov Ma’ruf Ma’murjonovich