#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🤝 DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Chorbog‘ mahallasidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
Ayni paytda Eronning “Kapa yurt salt taun” mas’uliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi bilan hamkorlikda mazkur hududda qiymati 50 million AQSh dollariga teng “Salomatlik turizmi” shaharchasini barpo etmoqda.
🏔 Ko‘hitang tog‘ tizmasi bag‘rida, dengiz sathidan qariyb 1 200 metr balandlikda joylashgan “Xo‘jaikon” tuz g‘ori o‘zining tabiiy shifobaxsh xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Bu yerda qariyb 35 yil avval barpo etilgan, uzunligi 200 metr bo‘lgan g‘or devorlari 1–3 santimetr qalinlikdagi tuz qatlami bilan qoplangan.
🌿 Ayni paytda tabiatning ushbu noyob maskanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, “Salomatlik turizmi” shaharchasini barpo etish jarayoni deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram