Millatning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi qadriyat va timsollar majmuida milliy liboslar ham o'ziga xos o'rin tutadi. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy ruh va estetik did timsoli hamdir. Bugungi kunda milliy liboslarga bo'lgan qiziqishni uyg'otish va ularning jozibasini targ'ib etish nihoytda keng ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimiz bo'ylab har juma kuni o'tkazilayotgan "Milliy liboslar kuni" da barcha tashkilot va korxonalar, jamiyatimiz faol ishtirok etmoqda. Shu jumladan, xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputati M.Abduraxmonova rahbarlik qilayotgan G‘ijduvon tumani 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham o‘z merosimizni avaylash va milliy g‘ururni shakllantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.