Yangiliklar

Maxalla yettiligi hamkorligi

Baxmal tuman prokurori 2-sektor rahbari Sh.Abrayev tumandagi ''Qutlug‘obod" mahallasi Barlos qishlog‘ida Xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Yo‘ldoshboy saylov okrugidan saylangan deputati Mustafoqulova Soxiba Amirqulovna hamda "Mahalla yettiligi" bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali aholining turmush-tarzi yuzasidan o‘rganishlar olib borishdi.

O‘rganish mobaynida, aholi yashash xonadonlarida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlarni uyushqoqlik bilan tashkillashtirish yuzasidan mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, tuman prokurori Migratsiyadan qaytib kelgan Nortayev Hasan xonadonida bo‘lib, tuman prokuraturasi tashabbusi bilan qurilayotgan issiqxonaning qurilish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.

Slide 1 of 6