📌 Aholi farovonligi, munosib turmush sharoiti va hududlarni obod etish — “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ning muhim mezonlaridan biridir.
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati orqali o‘rganish o‘tkazildi.
💧 Asosiy e’tibor — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga qaratildi.
O‘rganish davomida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihaning ijrosi, mavjud muammolar, aholining ehtiyoj va takliflari hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi deputatlik tahliliy o‘rganishi doirasida tahlil qilindi.
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — avvalo, obod mahalla, farovon xonadon va inson uchun munosib sharoit yaratilgan hudud qiyofasidir.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz