35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

Respublikamiz bo‘ylab kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yanada yaxshilash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi joylarda izchil davom ettirilmoqda.

Shu kabi tadbirlar doirasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Buranov, tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev, tuman prokurori A.Valiyev hamda tegishli mas’ullar Oqqo‘rg‘on mahallasi “yettiligi”, mahalla nuroniylari va faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga yo‘naltirish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Har bir oilaning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilandi.