Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

JAMOAT TRANSPORTI HOLATI O‘RGANILDI

24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan jamoat transportining muntazam harakatlanishi hamda avtobus bekatlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida avtobus bekatlarining mavjud holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda jamoat transportidan foydalanishda qulayliklarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2