O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 18-«Bodomtog‘» saylov okrugi deputati E. Abdug‘aniev deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida hududdagi boshqaruv kompaniyalari faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, hovli va atrof hududlarining tozaligi hamda tungi yoritish tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
✅ Aholi uchun xavfsiz, ozoda va qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.