O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologiya partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 20-«Chimqo‘rg‘on» saylov okrugi deputati A. Turdiev hamda «Mahalla 17 ligi» tashabbusi bilan «Chimqo‘rg‘on» mahallasida ekologik obodonlashtirish tadbiri tashkil etildi.
🌿 Tadbir davomida hudud obodonlashtirilib, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlar tozalandi, yashil hududlarda parvarish ishlari olib borildi. Mazkur amaliy ishlar mahalla ekologik muhitini yanada yaxshilash, ozodalikka rioya etish madaniyatini mustahkamlash hamda Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olishga qaratildi.