Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 4-Turon okrugi deputati, O‘zbekiston Milliy tiklanish a’zosi Joxongir Gulamov 71-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarining maktab hududida xavfsiz harakatlanishlari uchun tuman hokimining o'rinbosari va obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, 71-sonli umumta’lim maktabi hududidagi daraxtlarga shakil berish, sanitar holatni yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam so‘ralgan.