#Ish_reja_ijrosi
📍 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘urja 1” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo, murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
📋 Shuningdek, saylovchilarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi.
👥 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash va ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🌿 Ochiq muloqot — muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube