35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Termiz tuman Kengashining 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov saylangan Gulbahor MFY hududidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berilib, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, muammolarni Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maqsad — deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligini yanada kuchaytirish, aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

Slide 1 of 2