35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSI BILAN YOSHGA TA’LIM OLISH IMKONIYATI YARATILDI

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSI BILAN YOSHGA TA’LIM OLISH IMKONIYATI YARATILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan Uchqizil MFY hududida Ijtimoiy reyestrda turuvchi xonadon o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadon farzandi Xalilova Yasminaning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va ta’lim olish istagi aniqlandi.

Yoshning qiziqishi va intilishidan kelib chiqib, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tashabbusi bilan Uchqizil MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Stanford Academy” o‘quv markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Natijada Xalilova Yasminaga bepul ingliz tili kursida tahsil olish imkoniyati yaratildi.

🎓 Mazkur tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetayotgan yoshlarning ta’lim olish istagini qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hamda kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🤝 Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarning muammosi, taklifi va tashabbusini amaliy yechimga aylantirish tarafdori!

Slide 1 of 2