35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TADBIRKORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Tashrif davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘llanilayotgan samarali usullar o‘rganildi.
Shuningdek, Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida shakllangan ilg‘or tajribalarni Sardoba tumanida ham keng qo‘llash, mahalliy Kengashning tadbirkorlar bilan muloqotini kuchaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida ikki hudud mahalliy Kengashlari o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida tajriba almashishni muntazam yo‘lga qo‘yish, ilg‘or ish usullarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha doimiy hamkorlikni tashkil etishga kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yana-da kengaytirish, ularning muammolarini tezkor hal etish va hududda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4