O‘rganish davomida mas’ullar "Do‘stlik" MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi № 1-uy (7 qavatli 42 xonadonli) turar joy binosining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar
Nazorat tadbirida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Qurilish ishlarining belgilangan loyiha hamda davlat standartlariga mosligi
Ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati va xavfsizlik talablariga javob berishi
Ob’ektni o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish jadvali
Uchrashuv yakunida deputatlar mas’ul pudratchilarga binoning mustahkamligi va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berdilar