Tashrif davomida mas’ullar bo‘lim tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar va erishilayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, uchrashuvda tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-sanitariya xizmati sifatini yanada oshirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini kuchaytirish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.