#162_ta_qonun_ijrosi
📌 Deputat nazorati: Murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev hamda tuman Kengashi deputati U.Almanov tomonidan tumandagi mutasaddi tashkilotlarda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar, takliflar va shikoyatlarning qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqilishi;
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tizimining to‘g‘ri tashkil etilgani;
Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni joyida va sifatli hal etish holati.
Kengash raisi va deputat tomonidan aholi muammolariga e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.