💼 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT:
Baxmal tumani hokimligida tuman markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Aziz Ergashev, “Turonbank” ATB departament direktori Sh. Bozorov, “Turonbank” ATB Jizzax BXM rahbari A. Muxammadiyev hamda viloyat va tuman banklari vakillari ishtirok etishdi.
📌 Muloqotda deputat A. Ergashev tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni joyida oʻrganish, yangi biznes loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eng asosiysi — hududda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi bandligini taʼminlash masalalariga alohida urgʻu berildi.
⚡️ Ochiq muloqot yakunida deputat va bank rasmiylari tomonidan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.