📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova tomonidan Jizzax politexnika institutidagi talabalar turar joylarining holati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni hamda talabalarni joylashtirish ishlari o‘rganildi.
🔸O‘rganish davomida talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar, mavjud o‘rinlardan foydalanish holati va yangi o‘quv yilida, ayniqsa, 1-kurs talabalarini joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax politexnika institutida 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ular jami 1760 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunga qadar 800 ga yaqin talaba turar joylarga joylashtirilgan. Ayni paytda talabalarni joylashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
🔸Yangi o‘quv yilida mavjud o‘rinlardan samarali foydalanish hamda talabalarni talabalar turar joylari bilan 100 foiz qamrab olish rejalashtirilgan.