35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Shifokor” mahallasi va yondosh MFYlarda faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarga yangi imtiyoz va imkoniyatlar, jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga moratoriy, takroriy tekshiruvlarni cheklash, “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” tamoyili hamda kredit olishdagi imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish va barqaror hayot sharoitini yaratishda tadbirkorlarning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda, aholi manfaatlari yo‘lida.

Slide 1 of 6