Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyada belgilangan vazifalarning 3-bandiga muvofiq, deputatlar tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganiladi.
O‘rganish jarayonida:
mahallalarda sport inshootlarining mavjudligi va holati;
umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylardagi sport zallarining holati;
sport anjomlari va jihozlarining mavjudligi, sozligi hamda ulardan foydalanish imkoniyati;
bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar;
mavjud kamchiliklar va ehtiyojlar o‘rganiladi.
Shuningdek, deputatlar o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga mavjud imkoniyatlar va aniqlangan masalalar yuzasidan tushuntirishlar beradi.
Maqsad — mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.