🏥 Poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tumandagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada bo‘lib, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini deputatlik nazorati tartibida o‘rgandi.
📌 Tashrif davomida aholiga bepul dori-darmon berilishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.