Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Artikov Davron Omarbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov va “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Naymanko‘l OFY hududidagi 15-sonli maktabning rekonstruksiya ishlarini nazorat qilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida keyingi manzil sifatida yangi maktab qurilishining sirtqi fasad ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda bajarilayotgan ishlar sifati, zamonaviy talablarga mosligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.