35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BILAN “Erta turmushning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

📍 YOSHLAR BILAN “Erta turmushning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati, 8-sonli OShP mudirasi B.Vohidova tomonidan mahalla yoshlari ishtirokida «Erta turmushning salbiy oqibatlari va uning oldini olish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅ Uchrashuvda erta turmush qurishning yoshlar hayoti, ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va oilaviy munosabatlarga ta’siri haqida fikr almashildi.

✅ Shuningdek, yoshlarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, oila qurishga mas’uliyat bilan yondashish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda kelajakka puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tushuntirishlar oldilar.

Slide 1 of 4