#Deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_qabuli
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI
📆 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanovning Zarafshon mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
💬 Ochiq muloqot va bevosita uchrashuv shaklida tashkil etilgan qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal va ijtimoiy masalalar, infratuzilma, uy-joy hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaat, taklif va mulohazalar bildirildi.
📝 Qabul jarayonida har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, masalalarning mazmun-mohiyati va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
📈 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi bilan doimiy va samarali muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
🕯 Shu nuqtayi nazardan, bunday qabullar nafaqat fuqarolarning murojaatlarini tinglash, balki ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish, mas’ullarni biriktirish va muammolarning amaliy yechimini ta’minlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
📁 Bildirilgan murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning natijasi yuzasidan fuqarolarga tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi ta’minlanadi.
🤝 Xalq bilan muloqot — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni. Aholining murojaatlari, taklif va tashabbuslari doimo e’tiborda.