35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

🤝 HAMKORLIKDA AMALIY ISHLAR
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri, I.Masharipov, okrug deputati O.Yo‘ldashova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestr ro‘yxatidagi oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning ijtimoiy va maishiy sharoitlarini o‘rgandilar.
🔹 Oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi;
🔹 Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi;
🔹 Murojaat va takliflar tinglandi;
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🎯 MAQSAD:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida aniqlash va amaliy yechim topish, aholining farovonligini oshirish.
📍 Deputatlik nazorati va mahalla bilan hamkorlik — muammolarni manzilli hal etishning muhim omili.