35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏠 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

📍 Royat mahallasida
🗓 2026-yil 7-sentabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldasheva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Royat mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan uyma-uy yurib xabar olindi.
⚖️ HUQUQIY ASOS
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-415-son, 2016-yil 26-dekabr.
🔎 O‘RGANISH DAVOMIDA:
▪️ keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari o‘rganildi;
▪️ ijtimoiy xizmat va yordamga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar holati tahlil qilindi;
▪️ fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi;
▪️ ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi;
▪️zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 2