Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilish davomida ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.
Yig'ilish davomida Chilonzor tuman mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni xarajatlarga yoʻnaltirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
❗️Birinchi masala-tuman hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta‘minlash, jinoyatchilikni jilovlash hamda huquq buzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlari tunu kun uch smenali xizmat rejimiga o‘tkazilganligini inobatga olib ichki ishlar organlari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirilish;
❗️ Ikkinchi masala -Chilonzor tumani hududidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputatlari tomonidan kelib tushgan deputatlar so‘rovlarini inobatgna olgan holda yo‘llarni ta’mirlash hamda asfaltlash uchun mablag' ajratish;
❗️Uchinchi masala-Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to'g'risidagi masalalar va boshqa masalalar muhokama qilindi va tegishli komissiya qarorlari qabul qilindi.