O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Torenov Rustam Abatniyazovich "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Hurmatli Torenov Rustam Abatniyazovich!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yosh avlod kamoloti yo‘lidagi faoliyatingizda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bu yuksak e’tibor ko‘p yillik mehnatingiz va samarali faoliyatingizga berilgan munosib bahodir.
Sovg‘angiz muborak bo‘lsin! Yangi yutuqlar hamrohingiz bo‘lsin!