PLENUMDA FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma IV Plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida faoliyati bilan alohida ajralib turgan mahalliy Kengash deputatlari munosib rag‘batlantirildi.
Jumladan, xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyeva 2026-yilning birinchi yarim yilligida deputatlik faoliyatini samarali olib borgani, saylovchilar bilan faol ishlagani hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga munosib hissa qo‘shgani uchun taqdirlandilar.