Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Nasiba Mo‘minova hamda Toyloq tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari — tuman hokimining matbuot kotibi Akmal Mirzoyev tomonidan tadbirkor Jo‘rabek Nurmatovning aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida gaz quyish shoxobchasi tashkil etish yuzasidan bildirgan taklifi joyiga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida mazkur tashabbusning aholi uchun qulaylik yaratish, suyultirilgan gaz mahsulotlarini aholiga yetkazib berish tizimini yanada yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
✅Ushbu masalani qonunchilikda belgilangan tartibda tuman, viloyat va respublika darajasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan fikr almashildi.
✅Mazkur taklifni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborish va zarur choralarni ko‘rish belgilandi.