35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#tuman_hokimi

✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Xo‘jaqishloq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholining Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi ko‘zdan kechirildi.

✅Uchrashuv davomida aholi bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar va hududni yanada ko‘rkamlashtirish bo‘yicha takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3