✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Mamadiyev Abduxalil Shodmonqulovich tomonidan “Ukrach” mahallasida joylashgan 5-son oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida fuqarolar uchun tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi, tibbiy xizmatlar sifati hamda aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish hamda dori-darmon ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.