Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan Gavhar mahallasidagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, keksalar va yotoq holidagi fuqarolar holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ehtiyoj va muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan nuroniylar va ehtiyojmand fuqarolar samimiy muborakbod etilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi.
Bunday tashriflar — inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashning muhim ko‘rinishidir.
Mustaqillik bayrami barchamizga tinchlik, xotirjamlik, sihat-salomatlik va fayzu baraka olib kelsin!
Inson qadri — eng ulug‘ qadriyat!