20-sonli OShP faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Obod MFY hududida joylashgan 20-sonli oilaviy shifokorlik punkti (OShP) faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, mavjud sharoitlar hamda tibbiy jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.