35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

 KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

Bugun, 24-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning shaxsiy kunlik ish rejasi asosida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔹 Kun davomida E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar ko‘rib chiqiladi, xodimlar faoliyati muvofiqlashtiriladi hamda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinadi.

🔹 10-saylov okrugi hududidagi Amir Temur va Samarqand mahallalariga borilib, mahallalar faoliyati hamda 24 ta masala yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganiladi.

Aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.

🔹 Shuningdek, navbatdagi sessiya materiallari, doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalari ko‘rib chiqiladi. Aniqlangan muammolar asosida deputatlik so‘rovlari tayyorlanadi.

📲 Kun davomida Kengash kanalida yangiliklarni yoritish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni tahlil qilish va kelgusi kun vazifalarini belgilash ishlari ham amalga oshiriladi.

Asosiy maqsad — muammoni joyida aniqlash, mas’ullar bilan birgalikda yechim izlash va natijadorlikni ta’minlash.