❗️ Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, mahallalar hududini yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida Yashnobod tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
✅ Hududlarda umumxalq hasharini yuqori saviyada tashkil etish, tozalik va obodonlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan mas’ullar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.