35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglanmoqda.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, murojaatlarning mazmuni va yechimlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.

Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, murojaatlarni nazoratga olish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolar murojaati — deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1