Deputat so‘rovlari ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish Kengash kotibiyatining asosiy vazifalaridan biridir.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan deputat so‘rovlari ijrosini ta’minlash va natijalarini nazorat qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
2026-yil 18-iyul kuni Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘lib, deputat so‘rovlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, so‘rovlarga belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javoblar taqdim etilishi va ijro natijalari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishiga e’tibor qaratildi.