35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#murojaatlar_daftari

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘z saylov okrugi hududidagi “Zarbdor” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

Jarayon davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Xususan, uy-joy kadastrini rasmiylashtirish va kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlar mazmuni o‘rganilib, fuqarolarga mavjud masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram