Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Qo‘shariq MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazilib, mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari tushuntirildi.
Suhbat davomida mahalla hududini obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Mahalla raisiga 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.