35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Pistamozor MFYda ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Pistamozor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar haqida fikr almashildi.

Suhbat davomida mavjud masalalar muhokama qilinib, ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1