35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Navbahor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Sadiqov va Kengash bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Navbahor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazilib, hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, faoliyatni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1