35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🤝 Ijtimoiy himoya — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovnaning topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Xalqlar do‘stligi” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 E’tibor markazida:
·         Mahalla ijtimoiy xodimi A. Toremurzaev tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
·         Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati.

O‘rganish yakunida aholi murojaatlari va mavjud masalalarni yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida, joylarga chiqqan holda muntazam monitoring olib borishga kelishib olindi.